QANDAY ISHLAYMIZ
MUTAXASSISLIGIMIZ
LOYIHALAR
KOMPANIYAMIZ
KARYERA
BLOG
ALOQA
MUTAXASSISLIGIMIZ KELAJAKNI BIRGALIKDA YARATAYLIK
Multidisiplinar tuzilmamiz bilan arxitektura, muhandislik va qurilish sohalarida yaxlit yondashuv asosida koʻplab tarmoqlarda, koʻplab mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha xizmat koʻrsatamiz.
SOHALAR
SOHALAR 14
SOHALAR
Mehmonxona va turar joy
Mehmondoʻstlik va joylashtirish sanoatining mehmonxona, motel, dam olish maskani, butik-mehmonxona, apart-mehmonxona va kemping maydonlari kabi bino va obyektlarini konsepsiyadan ishchi loyihagacha amalga oshirish uchun toʻliq xizmat taklif etamiz. Loyihachilarimiz va maslahatchilarimiz sizning talablaringizni loyiha ekotizimiga koʻra tahlil qilib, korxonalarning barcha talablarini inobatga olgan holda eng yaxshi va maqbul yechimlarni taklif etadilar.
SOHALAR
Sogʻliqni saqlash
Bemorlarning ehtiyojlariga koʻra, texnologiyadagi tendensiyalarni kuzatib va anglab, bugundan kelajak uchun eng zamonaviy va murakkab kasalxonalarni loyihalaymiz. Doimiy oʻzgarib turadigan bemorlar sonini, kelajakka yoʻnaltirilgan moslashuvchanlik va oʻsishni, qatʼiy huquqiy talablarni hisobga olgan holda sogʻliqni saqlash sohasiga yoʻnaltirilgan ishlarimizni olib boramiz.
SOHALAR
Taʼlim
Boshlangʻich taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha maktablarni oʻquvchilarning ehtiyojlarini tushungan va zamon talablariga javob bergan holda kelajakka yoʻnaltirib rejalashtiramiz va loyihalaymiz. Buni amalga oshirish uchun texnologiyadagi yutuqlarni, yangi oʻqitish yondashuvlarini, doimiy oʻzgarib turadigan taʼlim talablarini yaqindan kuzatib boramiz.
SOHALAR
Infratuzilma
Sogʻlom va qulay hayot uchun shaharlarni, sanoat hududlarini, jamoat va xususiy maydonlarni yomgʻir suvi, kanalizatsiya, ichimlik va maishiy suv, elektr, tabiiy gaz, telekommunikatsiya va transport tarmoqlari bilan taʼminlab, infratuzilma liniyalarini loyihalaymiz va quramiz.
SOHALAR
Sanoat obyektlari
Ishlab chiqarish va tayyorlash sohasidagi mutaxassislarimiz mustahkam va eng zamonaviy texnologiyalarga ega obyektlarni loyihalash va qurish uchun mijozlarimiz bilan birgalikda ishlaydi. Yaxshi mahsulotlar yaxshi loyihalangan yigʻish, ishlab chiqarish va tayyorlash obyektlaridan chiqishini bilamiz. Keng qamrovli loyihalash, loyiha boshqaruvi va qurilish xizmatlarimiz bilan mijozlarimizning barcha ehtiyojlarini yagona xizmat nuqtasidan, uzluksiz loyiha boshqaruvi yondashuvimiz asosida qondiramiz.
SOHALAR
Ishlab chiqarish va tayyorlash
Ishlab chiqarish va tayyorlash obyektlarida foydalaniladigan mashinalarning oʻlchamlari inshootlarning balandligi va kengligini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Bundan tashqari, xodimlarga ergonomik muhitni taqdim etish ham muhim. Bu obyektlarning energiya, yoritish, isitish-sovutish, toza havo, suv va oqova suvga boʻlgan ehtiyojlari maxsus yondashuv va hisob-kitoblarni talab qiladi. Bunday obyektlarni hayotga tatbiq etishda koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan SIGMA har bir loyihaning talablariga xuddi tikuvchi kabi individual yondashib, yechimlar ishlab chiqadi.
SOHALAR
Sanʼat va madaniyat
Teatrlar, kutubxonalar, kinoteatrlar, koʻrgazma va konferens-zallar, muzeylar va galereyalar ijodiy arxitektura va zamonaviy estetika aks etgan binolardir. Ular namoyish etilayotgan asarlar va chiqishlarning bir qismi boʻlib, bu binolarni ekspluatatsiya qilish murakkab vazifadir.
SOHALAR
Atrof-muhit va barqarorlik
Dunyo oʻzgarayotgan iqlim bilan birga yuzaga kelayotgan ekologik muammolarga yechim izlar ekan, barqarorlik muhim tushuncha sifatida butun dunyoda oʻz oʻrnini egalladi. Biz ham bugunni va ertangi kunni bunyod etayotganimizni hisobga olib, atrof-muhitga eʼtiborli va barqaror loyihalarni ishlab chiqamiz. Har bir loyihada nafaqat mijozlarimiz, balki barchamiz baham koʻradigan sayyora uchun ham foydani maksimal darajada oshirayotganimizga ishonch hosil qilishni istaymiz va shu maqsad yoʻlida ishlaymiz.
SOHALAR
Logistika
Tijoriy tovarlarning joʻnatish nuqtasidan turli taqsimlash nuqtalariga oqimi logistikaning asosini tashkil etadi. Bu oqimda logistika omborlari hayotiy muhim ahamiyatga ega. Logistika maqsadidagi omborlarni loyihalash va qurish SIGMA ish hajmida muhim oʻrin egallaydi.
SOHALAR
Sport va koʻngilochar
Oʻzimizni yangilashimiz, energiya toʻplashimiz uchun sport va koʻngilochar tadbirlarga ehtiyojimiz bor. Sport musobaqalari, konsert va shoular oʻtkaziladigan stadionlar, zallar, festival maydonlari, koʻngilochar maskanlar shu maqsadda hayotimizda mavjud. Katta stadion loyihasi ancha qimmat investitsiya boʻlib, investitsiyaning qaytimi muhim va u inshootning arxitekturasi hamda xizmatlari bilan ham bogʻliq. Koʻngilochar maskanlar ham shunday. Bunday inshootlarning oʻziga xos estetik talablari va maxsus maslahat sohalari mavjud.
SOHALAR
Restavratsiya, renovatsiya, madaniy meros
Umumbashariy miqyosda estetik va arxitekturaviy qiymatga ega, bizdan oldingi avlodlar yaratgan tarixiy obidalar madaniy meros, betakror tarixiy xotiradir. Madaniy meros sifatida roʻyxatga olingan tarixiy obidalarni muhofaza qilish va yangilash sinchkovlik bilan yondashishni talab qiladigan masʼuliyatdir.
SOHALAR
Jamoat binolari
Shaharlarning muhim qismi boʻlgan jamoat inshootlari ijtimoiy hayotni yengillashtira olishi, jamoat makonining sifatini oshirib, sogʻlom va sifatli xizmat koʻrsata olishi uchun yaxshi loyihalangan va qurilgan boʻlishi lozim.
SOHALAR
Tijorat
SIGMA tijoriy inshootlarga barcha turdagi inshootlarda amal qiladigan mijozga yoʻnaltirilgan loyihalash yondashuvi bilan yondashadi hamda ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari bilan dastlabki investitsiya xarajatlari tahlilini amalga oshirib, oʻziga xos konsepsiyalar ishlab chiqadi. Ofis binolari, biznes markazlari, savdo markazlari, xarid markazlari kabi tijoriy maydonlarni loyihalashda investitsiya xarajatlarini kamaytirish bilan birga yuqori energiya samaradorligi va maydondan toʻgʻri foydalanish, funksionallik va estetikani birinchi oʻringa qoʻyamiz.
SOHALAR
Turar joy
Turar-joy sektorida oʻzgarib borayotgan hayot tarziga javob beradigan, foydalanuvchilar yashashdan zavq oladigan, individual, madaniy jihatdan sezgir, hayajonli va barqarorlikka asoslangan binolarga eʼtibor qaratamiz. Biz loyihalayotgan va quradigan turar-joylarda yashovchilarning ehtiyojlarini arxitektura estetikasi bilan muvozanatlaymiz, puxta rejalashtirish orqali ehtiyojlarni hal etamiz hamda sifatli va investitsiya sifatida qimmatli turar-joylar yaratamiz.
XIZMATLAR
LOYIHALASH
REJALASHTIRISH
KONSALTING
LOYIHA BOSHQARUVI
XIZMATLAR
LOYIHALASH
Muvaffaqiyatli loyiha uchun juda muhim birinchi qadam boʻlgan loyihalash qabul qilinadigan har bir qarorning investitsiya samarasini maksimal darajada oshirishini taʼminlaydi. Yaxshi loyihalash loyihalarning tijoriy muvaffaqiyatida asosiy rol oʻynaydi. Muhandislik, arxitektura va qurilish kompaniyasi sifatida SIGMA aynan shu sababli loyihaning juda muhim tarkibiy qismi boʻlgan loyihalashga alohida eʼtibor qaratadi. Loyihachi arxitektor va muhandislar sifatida loyihalarda butun loyihalash ishlarini oʻz zimmamizga olishimiz mumkin, shuningdek, konseptual arxitekturasi tayyor boʻlgan loyihalarga muhandislik loyihalash xizmatlarini koʻrsatamiz va arxitektura detallarini ishlab chiqamiz.
XIZMATLAR
REJALASHTIRISH
SIGMA koʻchmas mulk, shahar va sanoat hududlarini rivojlantirish masalalarida mijozga yoʻnaltirilgan yondashuv bilan zarur yoʻnalishni belgilaydi va rejalashtirishni amalga oshiradi. Loyihadan oldin va rivojlantirish jarayonida strategik tavsiyalar beramiz, zarur maslahatlashuvlarni boshqaramiz, loyihaning taʼsirini baholaymiz, rejalashtirish ruxsatnomasi uchun arizalarni tayyorlaymiz. Qaror qabul qilish va undan keyingi jarayonlarda mijozlarimiz bilan hamkorlikda harakat qilamiz. Manfaatdor tomonlar ishtirokini taʼminlaymiz, hisobotlarni tayyorlaymiz, eʼtirozlarni koʻrib chiqamiz.
XIZMATLAR
KONSALTING
SIGMA oʻzining texnik maslahatchilari bilan xizmat koʻrsatishi barobarida universitetlar va oʻz sohasidagi malakali mutaxassislar bilan hamkorlik qilgan holda texnik maslahat xizmatlarini ham taqdim etadi. Loyihalash, qurilish, ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish masalalarini bir tom ostida birlashtira olganimiz uchun texnik xariddan ekspluatatsiyagacha, yangilashdan begonalashtirishgacha koʻchmas mulkning butun hayot sikli davomida ishlay olamiz. Strategiyalarimiz tijoriy foyda bilan birga risklarga nisbatan xarajat va samaradorlikning eng maqbul muvozanatini taklif etadi.
XIZMATLAR
LOYIHA BOSHQARUVI
SIGMA koʻchmas mulk hayot siklining barcha bosqichlariga multidisiplinar va yagona masʼuliyat nuqtasi tamoyili asosida yondashib, loyiha boshqaruvi xizmatini taqdim etadi. Loyihaning borishi, xavflari hamda bir nechta loyihalash, ishlab chiqarish va qurilish ishlarini boshqarish boʻyicha mijozi uchun yagona aloqa nuqtasiga aylanadi. Bunga oʻziga xos yaxlit nuqtai nazari tufayli erisha oladi.
LOYIHA BOSHQARUVI 4
Biz cookie-fayllardan foydalanamiz
Saytimizda uning ishlashi uchun zarur boʻlgan cookie-fayllardan hamda faqat sizning roziligingiz bilan tashriflar statistikasi uchun analitik cookie-fayllardan (Google Analytics) foydalanamiz. Batafsil: Cookie-fayllar siyosati.
Zarur cookie-fayllar
Sayt ishlashi uchun zarur (til tanlovi, shakllar xavfsizligi, cookie tanlovingiz); oʻchirib boʻlmaydi.
Doim yoqilgan