Asosiy mazmunga oʻtish

MUTAXASSISLIGIMIZ Arxitektura

SIGMA sifatida bugun quradigan har bir loyihamizni kelajakka meros qoldirayotganimizni anglagan holda ijodiy va yaxlit yondashuv bilan koʻrib chiqamiz. Xoh yashash maskanlari, xoh sanoat binolari va inshootlari boʻlsin, arxitektura nuqtai nazaridan koʻrib chiqadigan har bir loyihamizning funksiyasini inson omili bilan uygʻunlashtirishga alohida eʼtibor beramiz.

SIGMA ijodiy arxitekturani oʻz tarkibida rivojlantirish bilan birga, dunyoga mashhur arxitektorlarning loyihalarida ham batafsil arxitektura ishlari bilan ishtirok etmoqda. Shu maqsadda ijodkor arxitektorlarning loyihalarini chuqur anglab, ham funksionallikni, ham estetika va shaklni saqlagan holda detallar ishlab chiqamiz. 

Yuqori samarali binolarni loyihalash uchun yer maydoni, shakl, konstruksiya, tizimlar va materiallar oʻrtasidagi umumiy bogʻliqliklarga eʼtibor qaratib, ijodkorlikka asoslangan yaxlit yondashuv bilan ish yuritamiz. Loyiha hayotiy siklining har bir bosqichida yongʻin muhandisligini ham oʻz ichiga olgan koʻp tarmoqli jamoalarimiz bilan birgalikda kompleks yondashuvni taklif etamiz. Tijorat, turar-joy, jamoat va sanoat binolarini rejalashtirish, dasturlash va loyihalashga yagona javobgarlik nuqtasi tamoyili bilan yondashamiz hamda bino axborot modellashtirish (BIM) orqali 3 oʻlchamli, fanlararo muvofiqlashtirilgan va qiymat muhandisligidan oʻtkazilgan arxitektura loyihalari va hujjatlarini taqdim etamiz.

Hayotga tatbiq etadigan loyihalarimiz mijozimizning hayot, ish va ishlab chiqarish sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatishini bilamiz. Tijorat va turar-joy binolarini faqat jismoniy unsur sifatida baholamaymiz. Maʼnaviy ehtiyojlarni va vaqt tushunchasini jarayonga kiritish zarurligiga ishonamiz. Shu munosabat bilan ustuvor tamoyilimiz — loyiha bosqichlarida aloqada boʻladigan barcha manfaatdor tomonlarning (foydalanuvchi, buyurtmachi, boshqa yoʻnalishlar, davlat idoralari va h.k.) ehtiyoj va talablarini toʻgʻri aniqlab, jarayondan samarali foydalanishdir. Rivojlanayotgan texnologiyalarga tayangan holda innovatsion, estetik, barqaror, funksional, amalga oshirish mumkin boʻlgan, iqtisodiy jihatdan samarali, atrof-muhit va jamiyatga eʼtiborli, resurslardan oqilona foydalanishni koʻzlagan loyihalar bilan bugunni va kelajakni barpo etmoqdamiz. Mahalliy va xalqaro maydonlarda amalga oshirgan loyihalarimiz hamda keng faoliyat doirasiga ega jamoamiz bilan turli vazifalarga xizmat qiladigan loyihalarga imzo chekishda davom etmoqdamiz.  

Sanoat binolari arxitekturasiga funksional nuqtai nazardan yondashamiz. Ishlab chiqarish jarayonlari va logistika ehtiyojlarini korporativ madaniyatga ham sodiq qolgan holda yaxlit yondashuv bilan koʻrib chiqamiz. Sanoat binosiga kirish va chiqish yoʻllari, infratuzilma ehtiyojlari, foydalaniladigan mashinalar egallaydigan maydonlar, mashinalar uchun zarur boʻlgan energiya, yongʻinga qarshi choralar, xodimlar va rahbariyat ehtiyojlari kabi koʻplab mezonlarni birgalikda baholaymiz.

Arxitektorlarimiz loyihaning konsept dizaynidan boshlab yakuniy qurilishigacha boʻlgan barcha loyihalash xizmatlarini koʻrsata oladi. Yuqori darajada oʻzlashtirgan 2 va 3 oʻlchamli loyihalash dasturlarimiz  hamda bino axborot modellashtirish (BIM) loyihaga xos toʻgʻri baholashlar qilish, maksimal samaradorlik va minimal xato bilan ishlash imkonini beradi.

Arxitektura loyihalari

Barcha loyihalar
Toshkent Index
Toshkent Index Arxitektura 2020
Forum savdo markazi
Forum savdo markazi Arxitektura 2020
Prometeon ilmiy-tadqiqot binosi
Prometeon ilmiy-tadqiqot binosi Arxitektura 2020
Lady Diana Hotel & Spa
Lady Diana Hotel & Spa Arxitektura 2020
IVT-Vito zavod binosi
IVT-Vito zavod binosi Arxitektura 2020
ARXITEKTURA
XIZMATLARIMIZ HAQIDA MAʼLUMOT OLING
BIZ BILAN BOGʻLANING