SIGMA tender boshqaruvi jarayonlarini biznes modellariga koʻra tashkil etadi. Anʼanaviy Loyihalash-Tender-Qurilish modeli bilan bizga murojaat qilgan mijozimizning loyiha paketidan kelib chiqib tender hujjatlarini tayyorlaymiz, jarayonni boshqaramiz, pudratchilarni aniqlab, mijozimizga taqdim etamiz. Loyihalash-Qurish modelida esa mijozimiz uchun ham loyihalashni, ham qurilishni birgalikda oʻz zimmasiga oladigan pudratchilarni tanlaymiz.
SIGMA taklif etayotgan “Yagona javobgarlik nuqtasi” va “Uzluksiz loyiha boshqaruvi” yondashuvimiz asosida ishlaydigan mijozlarimiz uchun loyihalash, loyiha, xarid va qurilish boshqaruvini oʻz zimmamizga olib, birgalikda ishlaydigan pudratchilarimizni ham tender asosida tanlaymiz.
Tender jarayonini boshqarar ekanmiz, mijozimiz pudratchilarga toʻlaydigan mablagʻ evaziga eng yaxshi qiymatni xarid qilishini maqsad qilamiz. Tenderdan oldin tajribali smetachilarimiz loyiha paketi, materiallar va uskunalar roʻyxatlarini tender hujjatlariga aylantiradi. Soʻngra oʻtgan tajribalarimizga asoslanib, nomzod pudratchilar roʻyxatlarini shakllantiramiz. Loyihaga oid tender jadvalini tayyorlaymiz va rejalashtirishni amalga oshiramiz. Tender jarayonidagi ishlarni umumiy ish dasturida belgilangan muddatda yakunlab, loyiha borishiga toʻsqinlik qilmaymiz. Tenderda ishtirok etadigan pudratchi nomzodlarning ish malakasi va moliyaviy imkoniyatlarini tekshirib, dastlabki saralash ishlarini olib boramiz. Tegishli kompaniyalar bilan dastlabki uchrashuvlar oʻtkazib, ularning tender shartlari va loyiha hujjatlariga eʼtirozlarini tinglaymiz, asosli deb topganlarimizni mijozlarimiz bilan muhokama qilib, oʻzgartirishlar kiritamiz. Dastlabki saralashdan oʻtgan kompaniyalarni tenderga taklif qilamiz.
Tender jarayonida ishtirokchilarning savollariga javob beramiz, zarur hollarda uchrashuvlar tashkil qilamiz, obyektga tashriflar uyushtiramiz, munozarali masalalarni bartaraf etamiz va noaniq jihatlarni shaffof qilamiz.
Tender yakunlangach, smeta mutaxassislarimiz har bir taklifni koʻrib chiqadi va narxlardagi ziddiyatlarni aniqlab, mijozlarimiz har bir loyiha uchun eng yaxshi taklifni olishini taʼminlash maqsadida raqobatdosh takliflarni bir-biri bilan oson solishtirish mumkin boʻlgan holga keltiramiz. Tanlov mezonlarini aniqlashtiramiz. Loyihani yanada maqbul xarajat bilan amalga oshirish uchun zarur hollarda qayta koʻrib chiqilgan narxlarni soʻraymiz. Pudratchilarni tayinlaymiz yoki mijozimizga tavsiya qilamiz va shartnoma jarayonini boshlaymiz.