Asosiy mazmunga oʻtish

MUTAXASSISLIGIMIZ Mexanika

Qulay, sogʻlom, komfortli, xavfsiz va barqaror loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mexanik tizimlar ajralmas, baʼzan esa hayotiy ahamiyatga ega. Mexanika muhandislarimiz inson qulayligi va hayot xavfsizligini koʻzlagan oddiy, nafis, ijodiy va innovatsion yechimlar bilan mijozlarimizning mulklariga ham uzoq, ham qisqa muddatli istiqbolda qiymat qoʻshish uchun ishlaydi. Turli sohalarga xizmat koʻrsatayotgan muhandislarimiz kasbiy hamjamiyatlarda ham faol ishtirok etadi.

Isitish, sovutish va ventilyatsiya sohasida kam energiya isteʼmol qiluvchi yechimlar bilan samarali qulaylikni taʼminlash asosiy strategiyamizdir.  Bu sohadagi yechimlarimizni arxitektura va konstruktiv loyihalash bilan muvofiqlashtirgan holda, elektr tizimlari bilan birgalikda koʻrib chiqib hayotga tatbiq etamiz. Fasad maslahatchilarimiz va arxitektorlarimiz bilan binoning issiqlik yoʻqotilishini kamaytiradigan passiv choralarni hali konsepsiya bosqichidayoq koʻrib chiqamiz, energiya isteʼmolini nazarda tutgan holda atrof-muhitga eʼtiborli yondashamiz. Ushbu tizimlarning dastlabki investitsiya qiymati yuqori boʻlgani, shuningdek texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya xarajatlari mavjudligi sababli optimal yechimlarni taʼminlash uchun qiymat muhandisligini qoʻllaymiz.

Santexnika va yomgʻir suvini chiqarish tizimlarini binolarda minimal joy egallaydigan, shovqinsiz, gigiyenik, ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari oʻylangan holda loyihalaymiz va shahar muhandislik infratuzilmasiga ulaymiz.

Yongʻin tutunini nazorat qilish va yongʻin oʻchirish tizimlarini suyuqliklar dinamikasi simulyatsiyasi va maxsus dasturiy taʼminot yordamida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda Yongʻin xavfsizligi muhandislarimiz bilan birgalikda loyihalaymiz.

Barcha mexanik tizimlarni 3D modellashtirib va boshqa yoʻnalishlar bilan muvofiqlashtirib, uzluksiz loyihalash jarayonida qurilish maydoniga uzatiladigan maʼlumotlarni ham jamlagan holda olib boramiz. Yaxlit va yagona manbadan xizmat koʻrsatish salohiyatimiz bilan ushbu tizimlarni loyihaning hayotiy sikli doirasida koʻrib chiqamiz. Shu tariqa multidisipliner tuzilmamiz va raqamli texnologiyalarga moslashganimiz afzalliklarini mijozimizga taqdim etamiz.

Bugungi talablarni qondirar ekanmiz, kelajakni ham hisobga olamiz va mexanik tizimlar uchun moslashuvchan, moslashtiriladigan, ijodiy va innovatsion yechimlar ishlab chiqamiz. SIGMA xizmat koʻrsatadigan keng qamrovli sohalarga individual yondashgan holda loyihalashni amalga oshiramiz.

Mexanik tizimlarning energiya isteʼmolini yer yuzining cheklangan resurslari va ortda qoldiradigan uglerod izimizni hisobga olgan holda, loyihalash va qurilish-montaj jarayonini toʻgʻri rejalashtirib, toʻgʻri uskunalarni xarid qilib, past darajada ushlab turamiz. Oʻz energiyasini ishlab chiqaradigan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan, yuqori samarali mexanik tizimlarni afzal koʻramiz. Ekspluatatsiya va texnik xizmat koʻrsatish uchun bozorda kuchli servisga ega, professional yondashuvli jamoalar bilan ishlaymiz. Ushbu yondashuv va metodologiya bilan;  

  • Energiya samaradorligi
    • Qurilish elementlari va ularning koʻrsatkichlari
    • Kunduzgi yorugʻlikdan foydalanish
    • Binoni energetik modellashtirish
    • Qurilma va uskunalar samaradorligi
    • Tarif tahlillari
    • Suv isteʼmoli samaradorligi
    • Energiya monitoringi va isteʼmolni ilgʻor darajada oʻlchash
    • Mexanik avtomatlashtirish orqali optimallashtirish
    • Binoning energetik samaradorligini sertifikatlash

taʼminlaymiz.

Dastlabki investitsiya xarajatlari tahlili, malakali xodimlar va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari tahlillari bilan samarali iqlimlashtirish va santexnika tizimlarini koʻzlaymiz.

Yaxlit muhandislik, arxitektura va qurilish kompaniyasi sifatida binolarning mexanik muhandislik tizimlari boʻyicha xizmatlarimiz;  

  • Iqlimlashtirish; isitish, sovutish va ventilyatsiya (HVAC)
  • Yongʻinga qarshi tizimlar
  • Maishiy suv taʼminoti
  • Kanalizatsiya (oqova suv)
  • Yomgʻir suvini chiqarish va yomgʻir suvini yigʻish
  • Tabiiy gaz, LNG, CNG, LPG
  • Bugʻ
  • Termal moy
  • Tibbiy gazlar
  • Pnevmatika
  • Sanoat gazlari
  • Samaradorlikni oshirish (VAP)
  • Energetik sertifikat (EKB)
  • Izolyatsiya
  • Vertikal transport (eskiz loyiha)
  • Mexanik avtomatlashtirish

sohalarini qamrab oladi.

Mexanik tizimlar yordamida bino va inshootlarning asosiy ehtiyojlari boʻlgan qulaylik va xavfsizlik yuqori darajada taʼminlangan holda, munitsipalitet, vazirlik, gaz va suv taqsimoti uchun masʼul tegishli tashkilotlarning talab va ehtiyojlarini ham qondiramiz, zarur ruxsatnomalarni olamiz.    

 

Mexanika loyihalari

Barcha loyihalar
Glade Akyaka Villa
Glade Akyaka Villa Konstruktiv loyihalash 2025
Istanbul universiteti Hasdal kampusi universitet shifoxonasi
Istanbul universiteti Hasdal kampusi universitet shifoxonasi Konstruktiv loyihalash 2021
Toshkent Index
Toshkent Index Arxitektura 2020
Forum savdo markazi
Forum savdo markazi Arxitektura 2020
Lady Diana Hotel & Spa
Lady Diana Hotel & Spa Arxitektura 2020
MEXANIKA
XIZMATLARIMIZ HAQIDA MAʼLUMOT OLING
BIZ BILAN BOGʻLANING