SIGMA sifatida yer usti inshootlari sohasidagi tajribamizni tabiatdagi geotexnik sharoitlar bilan uygʻunlashtirib, grunt, poydevor va bino oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni yoʻlga qoʻyamiz. Loyihalarimiz asosini puxta geotexnik tahlil bilan yaratib va dastlabki bosqichdanoq eng yaxshi rejalashtirish, loyihalash, qurilish va texnik xizmat koʻrsatish variantlarini aniqlab, mijozlarimizga vaqt va mablagʻni tejash imkonini beramiz.
Energetika, suv va transport infratuzilmalari uchun grunt muhandisligi xizmatlarini koʻrsatamiz. Gidrogeologik, seysmik va geologik tadqiqotlarni oʻtkazamiz, loyihadagi xavflarni aniqlaymiz.
Global bozorda, milliy va xalqaro normalarga muvofiq, oʻziga xos, uzoq muddatli, ishonchli, talabga mos va oʻz vaqtida yechimlar ishlab chiqish maqsadida taqdim etayotgan xizmatlarimiz:
- Muhandislik-geologik qidiruv maʼlumotlari roʻyxati
- Baholash hisoboti
- Chuqur kotlovan va mustahkamlash tizimi
- Qiyalik barqarorligi va koʻchkining oldini olish tizimlari
- Geotexnik konsalting
- Asbobiy kuzatuv tarmogʻi
- Gruntni mustahkamlash
- Qurilish maydonidagi jarayonlarni boshqarish va texnik nazorat
Professional geodeziya jamoamiz va ilgʻor texnologik uskunalarimiz bilan transport, energetika, infratuzilma va yer usti inshootlari muhandislik ishlari uchun BOHHBUY (Yirik masshtabli xaritalar va xarita maʼlumotlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi nizom) talablariga amal qilgan holda, fizik sharoitlar va mijoz talablariga toʻliq mos yechimlar ishlab chiqadigan geodezik xizmatlarni taqdim etamiz.
Yer relyefini modellashtirish
Yer uchastkasining mavjud topografiyasiga eng mos balandlik belgilarini aniqlab, qazish hajmlarini optimallashtiradigan muqobil modellar ishlab chiqamiz. Topografiyaga mos yakuniy qazish/toʻkma modellarini yaratib, 3D vizualizatsiyalar tayyorlaymiz.
Loyihalashdan oldin yer uchastkasining topografik holatini aniqlaymiz va zarur oʻlchovlarni bajaramiz, mavjud holat topografik planini olish va raqamli xaritalash xizmatlarini koʻrsatamiz.
Qazish rejalari va joyga koʻchirish rejalarini tayyorlash
Koordinatalangan uchastka chegarasi ham koʻrsatilgan topografik plan ustiga arxitektura bosh rejasi va poydevor qolip rejasi ustma-ust qoʻyilgandan soʻng, konstruktiv kesimlarga muvofiq uch oʻlchamli qazish rejasi tayyorlanib, qazish hajmi hisoblanadi va bajarilgan ishlar hisobi nazorat qilinadi. Shu bilan birga, qurilish maydonida toʻgʻri amalga oshirilishi uchun reja ustida joyga koʻchirish nuqtalari belgilanadi.
Deformatsiyani oʻlchash
Poydevorlar, kotlovan mustahkamlash tizimlari, daryo oʻzanlari va yer usti inshootlari oʻzgaruvchan katta yuklarga duchor boʻladi.
Asbobiy kuzatuv tarmoqlarini oʻrnatib, yuqori aniqlik talab qiladigan geodezik asboblardan foydalangan holda ularning gorizontal va vertikal siljishlarini vaqt boʻyicha kuzatib boramiz.
Binolarni joyga koʻchirish va oʻlchash (obmer) ishlari
Temir-beton, poʻlat va eski binolarga oid ankerlarni aniq joyga koʻchirish, oʻq va balandlik belgilari maʼlumotlarini qurilish maydoniga tushirish, tashqi fasad va ichki makonlarni oʻlchash (obmer) ishlari hamda loyihalash guruhlariga kerak boʻlishi mumkin boʻlgan raqamli asoslarni dala va texnik ofis ishlari bilan birgalikda 3D shaklida taqdim etamiz. Shu bilan birga, zarurat boʻlganda masofaviy zondlash kabi fotogrammetrik oʻlchash usullaridan ham foydalaniladi.