Asosiy mazmunga oʻtish

Foydalanish shartlari

SIGMA ushbu veb-sahifada joylashtirilgan axborot va maʼlumotlarning toʻgʻriligi borasida zarur saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Bu yerda taqdim etilgan fikrlar yozilish vaqtida toʻplangan umumiy maʼlumotlarga asoslanadi. SIGMA bu yerdagi maʼlumotlarning oʻzgarmasligi haqida hech qanday kafolat bermaydi. Kompaniya veb-sahifadagi maʼlumotlar va axborotlarga hamda tavsiflangan xizmatlarga oldindan xabar bermasdan istalgan vaqtda oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.

Saytdagi maʼlumotlar va axborotlar hech qanday shart, kafolat va hokazolarsiz aks ettirilgan. SIGMA shu munosabat bilan va qonunlar ruxsat bergan darajada ushbu axborot va maʼlumotlarni qoniqarli sifatda taqdim etadi. Ushbu material kelajakdagi natijalar va kutilmalarga oid bayonotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Biz bu yerda haqiqiy natijalarni aks ettirish uchun keltirilgan kelajakka oid bayonotlarni, ushbu bayonotlarga taʼsir qiluvchi taxminlar va omillardagi oʻzgarishlarni yangilash boʻyicha qonunda belgilangan majburiyatlardan tashqari hech qanday majburiyatni oʻz zimmamizga olmaymiz. Ushbu veb-sayt va uning mazmuni sotish uchun taklif yoki taklifnoma hisoblanmaydi, yoxud biror qimmatli qogʻozni oldindan soʻrash yoki sotib olish boʻyicha taklifga undashni oʻz ichiga olmaydi va bu yerdagi hech qanday maʼlumot biror shartnoma yoki majburiyatning asosini tashkil etmaydi. Ushbu saytdagi maʼlumotlar yoki ularning toʻliqligi, haqqoniyligi va aniqligi biror maqsad uchun ishonchli boʻlmasligi mumkin. Ushbu saytdagi maʼlumotlar tekshirilishi, toʻldirilishi va oʻzgartirilishi mumkin. Shu sababli maʼlumotlarning haqqoniyligi, toʻliqligi va aniqligiga nisbatan kompaniya yoki kompaniya sheriklari, rahbarlari, xodimlari va boshqa jismoniy shaxslar nomidan hech qanday ochiq yoki nazarda tutilgan bayonot yoki kafolat berilmagan. Na kompaniya, na kompaniya sheriklari, rahbarlari, xodimlari, na boshqa shaxslar qanday boʻlishidan qatʼi nazar ushbu saytdan foydalanish yoki uning mazmunidan kelib chiqadigan hech qanday zarar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi.

Ushbu veb-sahifadagi axborot va maʼlumotlar biror mahsulot yoki xizmat boʻyicha biror investitsiya qilishga yoki ularning savdosiga yoxud SIGMA yoki boshqa biror kompaniya bilan shartnoma tuzishga taklif xususiyatiga ega emas. Bu yerda taqdim etilgan maʼlumotlardan biror investitsiya qarori bilan bogʻliq holda foydalanilmasligi lozim.

SIGMA veb-sahifasi doirasida eʼlon qilingan kontentga nisbatan mualliflik huquqlariga ega. Bundan tashqari, rasmlar, savdo belgilari va boshqa brendlar boshqa intellektual mulk huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlar bilan himoyalangan boʻlib, ularni tegishli egalarining yozma roziligisiz hech qanday tarzda koʻpaytirish yoki oʻzlashtirish mumkin emas. Biror sahifada eʼlon qilingan bildirishnoma orqali alohida taqiqlanmagan boʻlsa, shaxsiy foydalanishingiz uchun oqilona darajada zarur deb hisoblagan veb-sahifaning istalgan qismini chop etish huquqiga egasiz. Ulardan boshqa har qanday tarzda foydalanish taqiqlanadi.

Ushbu veb-sahifa doirasidagi uchinchi tomon veb-sahifalariga havolalar faqat sizga qulaylik yaratish maqsadida taqdim etiladi. Ushbu havolalardan foydalanganingizda ushbu veb-sahifa bilan aloqangiz uziladi. Kompaniya uchinchi tomonlarga tegishli ushbu veb-sahifalarning barchasini koʻrib chiqmagan va ushbu veb-sahifalarni yoki ularning mazmunini yoxud mavjudligini nazorat qilmaydi yoki ular bilan bogʻliq hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi. Shu sababli Kompaniya ushbu sahifalar yoki ulardagi biror material yoxud ulardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan biror oqibat bilan bogʻliq hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi yoki ular bilan bogʻliq hech qanday bayonot bermaydi. Ushbu veb-sahifada havolasi mavjud boʻlgan biror uchinchi tomon veb-sahifasiga kirish qarorini qabul qilsangiz, buni javobgarlik toʻliq sizning zimmangizda ekanini bilgan holda amalga oshirishingiz kerak.

SIGMA biror uchinchi tomon (sahifani yaratish, ishlab chiqish, yuritish yoki taqdim etish faoliyatida ishtirok etgan-etmaganidan qatʼi nazar) yoki Kompaniyaning guruh kompaniyalaridan biri yoxud ularning xizmatchilari, rahbarlari, xodimlari, aksiyadorlari yoki ulardan birining vakillari [shartnoma yoki boshqa asosda, har qanday tarzda biror ish uzilishidan kelib chiqadigan yoki u bilan qandaydir bogʻliq holda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday zarar va ziyon yoki huquqqa xilof boʻlgan-boʻlmaganidan qatʼi nazar (ehtiyotsizlikni ham oʻz ichiga olgan, biroq u bilan cheklanmagan holda) har qanday toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita, jarima tusidagi yoki ularning oqibati boʻlishi mumkin boʻlgan zarar va shikastlar yoxud biror daromad, foyda, obroʻ, maʼlumot, shartnoma, pul mablagʻlaridan foydalanishning yoʻqotilishini ham oʻz ichiga olgan, biroq ular bilan cheklanmagan holda] veb-sahifa yoki undan foydalanish bilan bogʻliq holda, foydalanish imkoniyatining yoʻqligi bilan yoxud veb-sahifadan yoki ushbu veb-sahifada havolasi mavjud boʻlgan biror sahifadan yoki ushbu sahifalardagi materiallardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan hamda ushbu veb-sahifaga kirishingiz, undan foydalanishingiz yoki uni koʻrib chiqishingiz yoxud ushbu veb-sahifadan yoki ushbu veb-sahifada havolasi mavjud boʻlgan biror veb-sahifadan biror materialni yuklab olishingiz tufayli kompyuter uskunalaringiz, dasturiy taʼminotingiz, maʼlumotlaringiz yoki boshqa mulkingizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan viruslar sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zarar yoki shikastlarni ham oʻz ichiga olgan, biroq ular bilan cheklanmagan holda, sizga yoki biror uchinchi tomonga yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday miqdor yoki turdagi har qanday ziyon yoki yoʻqotish uchun har qanday javobgarlik yoki majburiyatni rad etadi.