SIGMA oʻzining ilk xorijiy ofisini 2020-yil oxirida Oʻzbekistonning Toshkent shahrida ochdi. Shu tariqa, 40 yillik tajribamiz bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududiga ilk qadamimizni qoʻydik. Maqsadimiz — muhandislik, arxitektura va qurilish sohasidagi tajribamizni Markaziy Osiyoga olib kirish.
Toshkent ofisimiz ham SIGMAning barcha betakror qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan va mijozga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida xizmat koʻrsatadi. Arxitektura, konstruktiv loyihalash, mexanika va elektr, yongʻin xavfsizligi, infratuzilma sohalarini qamrab olgan koʻp tarmoqli tuzilmamiz hamda bino axborot modellashtirish texnologiyasini loyihalashda ham, loyiha boshqaruvida ham qoʻllay oladigan jamoamiz bilan loyihalash, ishlab chiqarish va qurilish ishlarini amalga oshiramiz. Xalqaro standartlarga muvofiq ishlash bilan birga, Oʻzbekistonning milliy standartlariga ham amal qilamiz.
Arxitektura sohasida bosh rejalashtirish (master planning) bilan shugʻullanamiz, tijorat, turar joy va sanoat binolari, inshootlar hamda majmualarni loyihalaymiz va quramiz. Interyer dizaynerlarimiz va landshaft arxitektorlarimiz bilan loyihalarning ichki va tashqi makonlari hamda hududlari uchun estetik, ijodiy va funksional yechimlar ishlab chiqamiz.
Uchdan ikki qismi oʻzbek mutaxassislaridan iborat Toshkent ofisimiz 2021-yilda mintaqada 10 dan ortiq yuqori nufuzli ixtisoslashgan loyihani yakunladi. Bundan tashqari, turar joy majmualaridan aviatsiya binolarigacha, ofis binolari va mehmonxonalargacha boʻlgan 50 dan ortiq konseptual loyihani ishlab chiqdi.