SIGMAda xodimlarimizning kasbiy rivojlanishiga katta eʼtibor beramiz. Kompaniya ichidagi va tashqi treninglarimiz orqali xodimlarimizning ham kasbiy, ham boshqaruv boʻyicha rivojlanishini rejalashtiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Tashkiliy tuzilmamizning bir qismi boʻlgan SIGMA AKADEMIYASIda ushbu ishlarni har yili rejalashtiramiz, amalga oshiramiz va kuzatib boramiz.
Yillik oʻquv rejalarini samaradorlikni baholash davrlarida aniqlangan oʻqitish ehtiyojlari, mijozlarning shikoyatlari, talab va kutganlari, sohadagi oʻzgarishlar, audit hisobotlari va xodimlardan kelgan soʻrovlarni hisobga olgan holda tuzamiz.
Trening mavzulariga qarab treninglarni ichki va tashqi turlarga ajratamiz. Ichki treninglar kompaniya ichidagi murabbiylar, tashqi treninglar esa professional oʻquv muassasalarining murabbiylari tomonidan oʻtkaziladi.
Treninglardan oldin kutilayotgan oʻquv mezonlarini belgilaymiz va treningda qatnashadigan xodimlarimizning bilim darajasini ballar bilan baholaymiz. Treningdan soʻng xuddi shu mezonlardan foydalanib, qatnashchilarning bilim darajasini qayta baholaymiz. Shu tariqa rivojlanish darajasini aniqlaymiz hamda treninglar samaradorligini baholab, qayd etib boramiz.
Bundan tashqari, SIGMAda yangi bitiruvchilarni ishga qabul qilib, SIGMA AKADEMIYASI tuzilmasi doirasida shaxsiy va kasbiy rivojlanish treninglaridan oʻtkazamiz hamda kadrlar ehtiyojiga qarab ochilgan boʻsh lavozimlarga tayinlash uchun koʻrib chiqamiz.